YangiAI’siz avtomatlashtirish va valyuta kurslari

Qog‘ozdan — Excelga.
1C’dan — aniq javob.

Jadval rasmini Telegram botga yuboring — tayyor Excel yoki Word fayl qaytadi. Buxgalterlar uchun esa Sonar dasturi bor: 1C hisobotlari va tekshiruv bitta oynada, AI ilovangiz (Claude, ChatGPT) bilan.

  • Oylik to‘lovsiz paketlar
  • O‘zbek va rus tilida
  • 1C’ga faqat siz tasdiqlasangiz yoziladi

Telegram bot · @sonar_aibot

Rasm yoki PDF yuboring — tayyor Excel yoki Word oling

Hisobot, nakladnoy, kassa daftari yoki qo‘lda yozilgan ro‘yxat — barchasi bo‘ladi. Sonar jadvalni o‘qiydi, jamini tekshiradi va faylni soniyalar ichida qaytaradi.

Botni ochish
Siz yuborgan surat
Bot qaytargan Excel
XTovar_kirimi_15-09.xlsx
QatorABCD
1NomiMiqdorNarxSumma
2Shakar10 kg12 000120 000
3Un25 kg6 500162 500
4Yog‘12 l21 000252 000
5Guruch8 kg? — o‘qib bo‘lmadi144 000
6Choy6 dona9 50057 000
7Jami735 500
«Jami» to‘g‘ri: 735 500 C5 o‘qilmadi — «?» va qizil
  • «Итого» va «Jami» tekshiriladi

    Jami qatori ustidagi raqamlar bilan solishtiriladi. Farq chiqsa, qaysi ustunda ekanini aytadi.

  • Taxmin qilinmaydi

    O‘qib bo‘lmagan katakka «?» qo‘yiladi va u qizil bilan belgilanadi — siz qog‘ozga qarab to‘g‘rilaysiz.

  • Bir bosishda tuzatasiz

    «Xatoni to‘g‘rilash» tugmasi bilan istalgan nom yoki raqamni o‘zingiz to‘g‘rilaysiz.

Uch qadam — va fayl tayyor

  1. 1

    Suratga oling

    Hisobot, nakladnoy yoki daftar varag‘ini. Tayyor PDF bo‘lsa — shuni yuboring.

  2. 2

    Botga yuboring

    Ko‘p varaqli hujjatni bitta albom yoki bitta PDF qilib yuborsangiz ham bo‘ladi.

  3. 3

    Faylni oling

    Excel yoki Word tayyor. Raqamlar son ko‘rinishida — formulalar darrov ishlaydi.

  • Qo‘lyozmani o‘qiydi

    Qo‘lda to‘ldirilgan daftar va blanklarni ham.

  • Ko‘p varaqli hujjat

    Bir nechta rasm yoki ko‘p sahifali PDF — bitta faylga.

  • O‘zbek va rus tilida

    Lotin, kirill va ruscha blanklar. Ustun nomlari o‘z holicha qoladi.

  • O‘z shaklingizda

    Excel yoki Word shaklingizni bir marta yuboring — natija aynan shunda keladi.

  • Kunlik jamlanma

    Kun davomidagi hujjatlar bitta faylda — «Fayllarim» bo‘limida.

  • Yozib kiritish

    «shakar 10 kg 12000» deb yozing — jadval va jami tayyor.

  • Excel, Word, PDF, CSV

    Chop etish uchun PDF, 1C’ga yuklash uchun CSV — bir tugma bilan.

  • AI buxgalter To‘lov bilan

    QQS, foiz, jami — savolni oddiy so‘z bilan bering. Javobni Excel qilib ham beradi.

  • Valyuta kursi Bepul

    /kurs buyrug‘i — Markaziy bank kurslari. Hamma uchun.

Kimlar uchun

Har kim o‘ziga moslab ishlatadi

Bot hamma uchun ochiq. Sonar dasturi esa 1C bilan ishlaydigan buxgalterlar uchun.

Buxgalter

Har kuni bir xil hisobotlar va 1C: qog‘ozdagisi — botda, 1C — Sonar dasturida.

  • Smena hisoboti, kassa, ombor, tabel — o‘z shaklingizda
  • 1C hisobotlari va tekshiruv — dasturda, AI ilovangiz bilan
  • Muddat eslatmalari va kunlik hisobot — Telegramda
Sonar dasturi haqida

Do‘kon va biznes egasi

Qog‘ozdagi hisobni qayta terishga vaqt sarflamang.

  • Nakladnoy, kirim-chiqim, qarz daftari
  • Summa va jamilar tekshiriladi
  • Kun oxirida — bitta jamlanma fayl
Botni ochish

Har bir kishi

Qo‘lda yozilgan har qanday jadval yoki ro‘yxat.

  • Uy xarajatlari, ro‘yxatlar, daftarlar
  • Qog‘oz yo‘qmi? Shunchaki yozib yuboring
  • Valyuta kursi — /kurs, bepul
Botni ochish

AI’siz avtomatlashtirish

Kundalik qo‘l ishlari — avtomatik

Bu funksiyalar AI’siz, aniq qoidalar bilan ishlaydi. Ma’lumot — 1C bazangizdan.

Avtomatik tekshiruv

Manfiy kassa yoki ombor qoldig‘i, Dt ≠ Kt, soliq qarzlari, qarzning katta qismi bitta kontragentda — Sonar o‘zi topadi.

Valyuta kurslari

Markaziy bank kurslari — dasturda doim ko‘z oldingizda.

Muddat eslatmalari

QQS, JShDS, oylik, avans… Bir necha kun oldin va o‘sha kuni Telegramga eslatadi.

Kunlik hisobot Telegramda Tarif bilan

Kassa, qarzlar, ombor, tekshiruv va kurs — o‘zingiz tanlagan soat va kunlarda.

Inventarizatsiya

Telefonda shtrix-kod bilan sanalgan fayl 1C qoldig‘i bilan solishtiriladi: kamomad va ortiqcha summasi bilan.

Hisob varaqalari

Barcha xodimlarning oylik varaqalari — bitta Excel faylda.

Qarz xatlari va dalolatnomalar

Qarz eslatma xati va qoldiqni tasdiqlash dalolatnomasi — Word faylda, bir bosishda.

7 kun bepul: Sonar dasturini to‘liq sinab ko‘rasiz, keyin — Buxgalter tarifi bilan. Botda «🎁 7 kun bepul» tugmasi.

Narxlar

Oddiy va ochiq narxlar

Bot uchun — hujjat paketi, oylik to‘lovsiz. Sonar dasturi uchun — Buxgalter tarifi, 7 kun bepul.

Telegram bot · hamma uchun

Hujjat paketi

100 000so‘m

10 ta hujjat · muddatsiz

1 hujjat — 10 000 so‘m

  • Rasm yoki PDF → Excel yoki Word
  • Qo‘lyozma ham o‘qiladi
  • «Итого» va «Jami» tekshiruvi
  • O‘z shaklingiz, PDF va CSV
  • Ko‘p varaqli hujjat, kunlik jamlanma
  • AI buxgalter — savollarga javob
Botda olish
Buxgalterlar uchun

Sonar dasturi

Buxgalter tarifi

500 000so‘m/oy

7 kun — bepul

  • AI ilovangiz — Claude, ChatGPT yoki boshqasi — 1C bilan Sonar orqali ishlaydi
  • Tayyor hisobotlar: aylanma-saldo, kassa, bank, qarzlar, ombor
  • Excel va Word — Sonar o‘zi tayyorlaydi
  • 1C’ga o‘zgarish — faqat siz «Bajarish»ni bosganda
  • Kunlik hisobot Telegramda
  • 1 hujjat = 1 bet — rasm yoki PDF’ning bitta sahifasi, qo‘lyozma ham. Juda ko‘p yozuvli katta varaq (masalan, A3) 2 ta hisoblanishi mumkin — bot har safar aytadi.
  • 7 kun bepul: Sonar dasturini to‘liq sinab ko‘ring, keyin — Buxgalter tarifi bilan.

Qanday to‘lanadi

  1. Botda tanlang

    «💳 Hisobim / paketlar» — paket yoki tarifni tanlang. Bot karta raqami va summani beradi.

  2. Kartaga o‘tkazing

    Click, Payme yoki bank ilovangizdan — qaysi biri qulay bo‘lsa.

  3. Chekni yuboring

    To‘lov chekining rasmini botga yuboring. Administrator tasdiqlagach, funksiyalar ochiladi.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Javob topmadingizmi? Botdagi «💬 Savol yoki taklif» tugmasi orqali yozing.

Botda yozish

Telegram bot

Qo‘lda yozilgan raqamni haqiqatan o‘qiydimi?

Ha — aynan shuning uchun qurilgan. O‘qib bo‘lmagan katakni bot taxmin qilmaydi — «?» qo‘yib, qizil bilan belgilaydi. «Итого» va «Jami» qatorlari alohida tekshiriladi. Xato bo‘lsa, u sizdan yashirilmaydi.

Qaysi hujjatlar bilan ishlaydi?

Jadval ko‘rinishidagi har qanday hujjat: smena hisoboti, nakladnoy, kassa daftari, tabel, ombor, ro‘yxat — rasm yoki PDF. Bot jadvalni o‘zi topadi.

O‘z shaklimni qanday qo‘shaman?

Botda «📋 Namuna shaklim» tugmasini bosing va doim to‘ldiradigan Excel yoki Word faylingizni yuboring. Bot uni o‘rganib, nimani tushunganini ko‘rsatadi. Noto‘g‘ri tushunsa — oddiy so‘z bilan tushuntirasiz.

1 hujjat nima?

Bitta bet: rasm yoki PDF’ning bitta sahifasi. Qo‘lda yozilgan bo‘lsa ham — 1 ta. Juda ko‘p yozuvli katta varaq (masalan, A3) 2 ta hisoblanishi mumkin; bot har safar nechta yechilganini aytadi.

Sonar dasturi

Dastur qaysi kompyuterda ishlaydi?

Hozircha faqat Windows’da — Windows 10 va yangiroq. Mac versiyasi hozircha yo‘q. Telefonda esa Telegram bot ishlaydi.

1C’ga o‘zi yozadimi?

Yo‘q. AI faqat o‘zgarishni tayyorlaydi va kartochkada ko‘rsatadi. 1C’ga siz «Bajarish» tugmasini bosganingizdan keyingina yoziladi, har bir amal «Tarix»da qoladi. Sozlamalarda «Sonar 1C ga yozishi mumkin» ruxsatini o‘chirsangiz, dastur 1C’dan faqat o‘qiydi.

AI kalitim yo‘q bo‘lsa-chi?

Kalit shart emas. Kompyuteringizdagi AI ilovasi — Claude, ChatGPT yoki boshqasi — Sonar orqali 1C bilan ishlaydi: Sonar dasturidagi «AI ulash» bo‘limida bir tugma bilan ulanadi. AI’siz funksiyalar esa umuman AI’siz ishlaydi.

Dasturni bepul sinab ko‘rsa bo‘ladimi?

Ha, 7 kun bepul: botda «🎁 7 kun bepul» tugmasini bosing — yuklab olish havolasi o‘sha yerda chiqadi va dastur to‘liq ishlaydi. 7 kundan keyin Sonar dasturi Buxgalter tarifi bilan ishlaydi.

To‘lov va xavfsizlik

Qanday to‘layman?

Botda «💳 Hisobim / paketlar» tugmasini bosing va paket yoki tarifni tanlang — bot karta raqamini beradi. Click, Payme yoki bank ilovasi orqali o‘tkazing va chek rasmini botga yuboring. Administrator tasdiqlagach, funksiyalar ochiladi va bot xabar beradi.

Oylik to‘lov bormi?

Bot paketida — yo‘q: paketning muddati yo‘q, faqat tayyor bo‘lgan hujjat hisoblanadi. Tugasa, yana paket olasiz. Buxgalter tarifi esa oylik: 500 000 so‘m/oy.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Hujjatlaringiz va 1C ma’lumotlaringiz faqat sizning hisobingizga bog‘langan holda saqlanadi va boshqa hech kimga berilmaydi. Bot hujjatni o‘qish uchun Google Gemini’dan foydalanadi — pullik tarifda, u yerda hujjatlar modelni o‘qitishga ishlatilmaydi. O‘z AI kalitingizni ulasangiz, u serverda shifrlangan holda saqlanadi. So‘rasangiz, ma’lumotlaringizni butunlay o‘chiramiz.

Nega telefon raqam so‘raladi?

Hisobingizni tiklash va kerak bo‘lsa siz bilan bog‘lanish uchun. Raqamni Telegram o‘zi tasdiqlab yuboradi, u hech kimga berilmaydi.

Bugungi hujjatingizdan boshlang

Rasm yoki PDF yuboring — Excel yoki Word tayyor. Buxgalter bo‘lsangiz, Sonar dasturini ham o‘rnating.

1 hujjat = 1 bet · paketda oylik to‘lov yo‘q